Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik qo‘chqor aniqlandi (video)

Gulliver laqabli qo‘chqor Qozog‘istonda o‘tkazilgan zotdor qo‘ylar xalqaro ko‘rgazmasida g‘olib bo‘ldi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Gulliver – Markaziy Osiyoda eng yirik qo‘chqor deb topildi. U Qirg‘iziston Gissar zotli qo‘chqori hisoblanadi. Uning og‘irligi 188 kilo, balandligi bo‘ynida bir metrni tashkil qiladi.

Ayrim mehmonlar qo‘chqorning egasi Ablay Mixmanovga million dollarni taklif qildi.

“Menga hatto million taklif qilishganda, men Gulliverni bermadim. U Qirg‘izistonga kerak, bizga bu zotni ko‘paytirish zarur. Tanlovdan keyin Gulliver nafaqat Qirg‘izistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng yaxshi qo‘y deb topildi. Uning yoshi 5,5 yosh, men uni ikki yil oldin sotib olgandim”, — deydi fermer Mixmanov.

Leave a Reply