Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filiali tashkil etildi

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filiali tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi, deb habar beradi O‘zA.

Mazkur filial naslchilik va sun’iy urug‘lantirish ishlarini ilmiy asosda tizimli tashkil etishi, bunda qimmatli, eksportbop yarim doira qalamgul, qovurg‘asimon, yassi gul tiplaridagi sur va qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasini amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

Buxoro viloyatining qorako‘lchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinash va uning ijobiy natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, naslli qo‘chqorlarning rangi va tipi bo‘yicha hududlar hamda xo‘jaliklar kesimida almashinuvini ta’minlash, qorako‘lchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi, qorako‘lchilikda olib borilayotgan naslchilik va seleksiya ishlarini o‘rganish, bu borada erishilgan ilg‘or yutuqlarni amaliyotga keng joriy etish bilan shug‘ullanadi.

1 Response

Leave a Reply